19:19 / 05.07.2017
8472

Afg‘onistonda amerikalik harbiy halok bo‘ldi

© Flickr / U.S. Air Force photo / Staff Sgt. Brian Ferguson

3 iyul kuni Afg‘onistonda amerikalik harbiy xizmatchi jangovar amaliyot chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda bugun Pentagon rasman xabar bergan.

"Birinchi toifadagi askar, Vasillalik (Alyaska shtati) 19 yoshli Hansen Kirkpatrik Afg‘onistonning Hilmand viloyatidagi jang vaqtida olingan jarohat tufayli vafot etdi", deyilgan xabarda.

Ushbu harbiy pistirmaga duch kelgani aytilgan.

3 iyul kuni Afg‘oniston janubida hukumat kuchlari va ittifoqchilar harbiylari ishtirokida o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida  «Tolibon»ning 40dan ortiq jangarisi yo‘q qilingani haqida xabar berilgandi.

Top