07:46 / 05.07.2017
29616

Alina Kabayeva jahon chempionatlari elchisi etib tayinlandi

Foto: nm-g.ru

Badiiy gimnastika bo‘yicha Olimpiya chempioni, ko‘p karra jahon chempioni Alina Kabayeva tarixda birinchi bo‘lib badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatlari elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Instagram’da Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi ma'lum qildi

"Olimpiya chempioni Alina Kabayeva birinchi FIG Ambassador for WCH Pesaro'17 etib tanlandi! Shu yildan Xalqaro gimnastika federatsiyasi har bir jahon chempionati uchun faxriy elchilarni tanlaydi. "Gimnastika elchisi"ning vazifasi ushbu sportni xalqaro darajada ommaviylashtirish va ilgari surishdan iborat. Bundan tashqari, FIG Ambassador chempionatning medallar berish marosimida, matbuot-anjumanlarida va ommaviy tadbirlarida  ishtirok etadi. Jahon chempionati 2017 yil 30 avgust-3 sentabr kunlari Pezaroda (Italiya) bo‘lib o‘tadi. Sabrsizlik bilan kutib qolamiz", deb aytilgan xabarda. 

Top