16:34 / 05.07.2017
13008

Yopilayotgan «Obod» futbolchilari yangi jamoalarga o‘tmoqda

Foto: «Obod»

Toshkentning «Obod» klubi hujumchisi Shohruz Norxonov ikkinchi davrani poytaxtning boshqa bir jamoasi «Bunyodkor» safida o‘tkazadi. Bu haqda Tribuna.uz‘ga vaziyatdan xabardor manbalar ma'lum qilgan.

«Obod» klubi xo‘jayinlari jamoani moliyalashdan bosh tortgach, jamoa tarqatib yuborilishi ma'lum qilindi va futbolchilarning barchasi erkin agentga aylandi. Shu sababdan jamoaning eng nomdor futbolchi birinchilardan bo‘lib o‘ziga yangi jamoa topgan.

«Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning shaxsan o‘zi «o‘zbek Neymari» laqabi bilan tanilgan futbolchini o‘z jamoasiga ko‘rishni istagan. Natijada O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilardan biri ikkinchi davrani «qaldirg‘ochlar» safida boshlaydigan bo‘ldi.

Jamoaning boshqa bir yetakchisi, sardor Doniyor Hasanov «Metallurg» bilan kelishib qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgan.

Mavsum yarmida klublardan biri faoliyatini to‘xtatmoqda. Endi Oliy ligada 15 jamoa qoladi

Mavzuga oid
Top