22:58 / 05.07.2017
8925

Xosep Gvardiola: «Manchester Siti»ga «Barselona», «Real» va «Bavariya» darajasiga chiqish uchun 10 yil vaqt kerak

«Manchester Siti» bosh  murabbiyi Xosep Gvardiola L’Esportiu Catalunya nashriga bergan intervyusida Angliyadagi bo‘lajak ikkinchi mavsumiga tayyorgarlik va jamoaning umumiy taraqqiyoti haqida savollarga javob qaytardi.

- Ikkinchi mavsumdan nimalarni kutmoqdasiz?

- Umid qilamanki, u xuddi birinchisida bo‘lgani kabi yaxshi kechadi. Bizda o‘tgan mavsumdayoq yaxshi davrlar bo‘lgandi. Odamlarning aytishicha, biz uchun (murabbiylar shtabi uchun – Tribuna.uz) omadsiz kelgan emish. Aslida bu shunchaki oldin ko‘rsatgan natijalarimiz sabab taqqoslangan holat.

Yetti yillik murabbiylik faoliyatim davomida men olti marta mamlakat chempioni bo‘lganman. Shuningdek har doim YeChL yarim finaliga qadar yetib borganman. Ammo bu mavsumda bular o‘xshamadi. Lekin bir narsani hisobga olingki, hatto «Barselona» ham har doim yarim finallarda o‘ynayvermaydi.

«Manchester Siti» — ajoyib jamoa, so‘nggi besh yilda Yevropa chempionlar ligasida ketma-ket beshinchi marta ishtirok etayotgan yagona jamoa. Ammo jamoa «Barselona», «Real» va «Bavariya» darajasiga chiqishi juda qiyin kechadi. Buning uchun vaqt kerak – o‘n yil.

- Ammo klubning maqsadi shunday-ku, to‘g‘rimi?

- Ha, biz buni xohlaymiz va buning uchun vaqtimiz bor, – degan Gvardiola.

Mavzuga oid
Top