17:54 / 05.07.2017
6959

O‘zbekiston delegatsiyasi Issiqko‘lda bo‘ldi

4 iyul kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari»  milliy aviakompaniyasining «Toshkent-Tomchi-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab birinchi mavsumiy charter reysining amalga oshirilishida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatiga tashrif buyurdi.

TIV matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Tomchi shahriga tashrif doirasida Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Dinara Kemelova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kemelova alohida ta'kidladiki, «O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va yanada mustahkamlash Qirg‘iziston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu yondashuv so‘nggi vaqtlarda bo‘lib o‘tgan barcha yuqori va oliy darajalardagi, jumladan Andijon, Farg‘ona, Jalolobod, O‘sh shaharlarida chegaradosh viloyatlar vakillari o‘rtasidagi uchrashuvlar mobaynida yaqqol namoyon bo‘ldi».

Qayd etilganidek, ikki tomon munosabatlarining bugungi kunda erishilgan darajasi 2016 yil 24 dekabrda Samarqand shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning natijasi hisoblanadi. Mazkur uchrashuv ikki qo‘shni davlat va xalqlarning yanada farovonligini uchun qalin aloqa va o‘zaro yordam munosabatlariga yangicha tus berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasining katta vitse-prezidenti Amangeldi Davletov va madaniyat, axborot va turizm vaziri o‘rinbosari Azamat Jamanqulov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning aniq yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Issiqko‘lga O‘zbekistondan ilk samolyot uchib bordi

Mavzuga oid
Top