11:20 / 06.07.2017
46212

Bosh prokurorga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyul kuni bosh prokuror o‘rinbosarlarini tayinlash borasida № PQ—5103 qarorga imzo chekdi.

Unga ko‘ra, 2016 yil sentabridan buyon bosh prokuror o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan adliya maslahatchisi Murodjon Azimov bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi va O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Murodjon Azimov

U 2014 yil yozidan buyon bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Sherzod Matiyev Raimovich o‘rnini egallagan.

Murodjon Azimov o‘rniga esa shu vaqtgacha bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Bekzod Mavlonov bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ldi.

Bekzod Mavlonov

Aprel oyida Erkin Yo‘ldoshev To‘rayevich bosh prokuror o‘rinbosariga aylangandi.

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosaridan tashqari yana 5 nafar o‘rinbosari bor. 

Bosh prokuror o‘rinbosarlari:

- Qonunchilik ijrochisi ustidan nazorat bosh boshqarmasi boshlig‘i - Ulug‘bek Jalilovich Sunnatov (adliya katta maslahatchisi);
- Islomjon Jasurovich Ergashxo‘jayev - (adliya katta maslahatchisi); 
- Bekzod Mardonovich Mavlonov - (adliya katta maslahatchisi);
- Erkin To‘rayevich Yo‘ldoshev - (adliya katta maslahatchisi);
- O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori - vakant;

Mavzuga oid
Top