18:21 / 06.07.2017
38099

Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga bog‘liq xotiralari aks etgan materiallar qabul qilinmoqda

Buyuk davlat arbobi, o‘z hayotini mustaqil davlatimiz qurilishi va shakllanishiga, uning jahondagi mavqeini mustahkamlashga bag‘ishlagan, yurtimiz va xalqaro maydonda katta obro‘ qozongan Birinchi Prezident Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish, shuningdek, uning merosini ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy memorial majmua tomonidan O‘zbekistonning Birinchi Prezidentini yaqindan bilgan respublika fuqarolari va xorijiy davlatlar fuqarolaridan Islom Karimovning hayoti hamda faoliyati bilan bog‘liq xotiralari aks etgan yozma, foto va videomateriallarni qabul qilish davom etmoqda. "Jahon" axborot agentligi shu haqida xabar berdi

Materiallar quyidagi manzil bo‘yicha yuborilishi mumkin:

100163, Toshkent shahri, Afrosiyob ko‘chasi, 1/1-uy.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy memorial majmua.

Ma'lumot uchun telefon: (0-371) 239-52-27

Elektron pochta manzili:  immm@umail.uz, majmua@umail.uz

Top