18:50 / 06.07.2017
5478

Turkiyaning ittifoqqa a'zoligi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishga chaqirilgan rezolyutsiya qabul qilindi

Yevroparlament Yevropa ittifoqi davlatlarini Turkiyaning ittifoqqa qabul qilinishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishga da'vat etuvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

«Yevroparlament komissiyani va ittifoqqa a'zo davlatlarni agar Turkiyada konstitutsion islohotlar o‘zgarishlarsiz amalga oshirilsa, bu davlatning ittifoqqa a'zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishga chaqiradi», — deyilgan rezolyutsiyada.

Qayd etilishicha, rezolyutsiya qabul qilinishi uchun 477 deputat ovoz bergan, — 64 kishi qarshi bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top