14:16 / 07.07.2017
7063

Xitoydagi suv toshqinlari tufayli 44 kishi bedarak yo‘qoldi

Foto: Sinxua

Markaziy Xitoyning Xunan provinsiyasida kuchli yomg‘irlar natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli 44 kishi bedarak yo‘qoldi. "Sinxua" agentligi shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, 815 nafarga yaqin kishi, ya'ni mintaqaning 56 foiz aholisi tabiiy ofat natijasida moddiy talofat ko‘rgan. 

Mamlakat janubidagi Guansi-Chjuan avtonom hududida suv toshqinlari natijasida 20 kishi halok bo‘ldi, 14 nafari bedarak yo‘qoldi. 20 mingga yaqin uylar vayron bo‘ldi yoki zarar ko‘rdi. 

22 iyundan 1 iyulga qadar Xunan provinsiyasida kuchli sel yomg‘irlari tufayli hukumat 260 mingdan ziyod kishini evakuatsiya qildi. 

Yomg‘irlar tufayli Syantszyan va Tszyantszyan daryolari sathi ko‘tarildi. 1 iyul kuni to‘g‘onga shikast yetishi esa vaziyatni yanada murakkablashtirdi. 

Xuayxua shahrida esa 30 iyun kuni suv toshqinlari natijasida 58 ming kishini evakuatsiya qilindi. 

Top