19:35 / 07.07.2017
11127

«Milan» to‘purar himoyachi sotib oldi

Andrea Konti «Milan» bilan 5 yillik shartnoma tuzdi.

23 yoshli bu himoyachi «Atalanta» safidan milanliklar safiga kelib qo‘shildi.

Transfer qiymati 24 million yevroni tashkil etgan.

Yakunlangan mavsumda Konti A Seriyada «Atalanta» uchun 33 o‘yin o‘tkazgan va 8 gol urib, 5 golga uzatma bergan.

«Milan» janjalli transferni amalga oshirmoqda

Qayd etish kerakki, yangi xo‘jayinlar qo‘liga o‘tgan «Milan» shu vaqtgacha 6 transferni rasmiylashtirgandi: «Vilyarreal»dan himoyachi Mario Musakkio, «Atalanta»dan tayanch yarim himoyachisi Frenk Kessiye, «Volfsburg»dan himoyachi Rikardo Rodriges, «Portu»dan hujumchi Andre Silva, «Sanderlend»dan hujumchi Fabio Borini va «Bayyer»dan Hoqon Chalxono‘g‘li sotib olingandi. 

 

Top