20:30 / 07.07.2017
13450

Putin Tramp bilan uchrashuv haqida: Telefon muloqotlari yetarli emasdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi vaqtida ushbu hamkasbi bilan shaxsan tanishish imkoniga ega bo‘lganidan xursandligini bildirdi. U shu vaqtgacha o‘tkazilgan telefon muloqotlari yetarli bo‘lmaganini qayd etdi.

«Janob prezident, siz bilan shu vaqtgacha bir necha marta telefon orqali muloqot qilgandik. Albatta, telefon muloqotlari yetarli emasdi. Agar biz ikki tomon kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal qilishni, xalqaro doiradagi yanada muhim masalalarga yechim topishni istar ekanmiz, uchrashishimiz zarur edi», — deya rossiyaliklar yetakchisining so‘zlarini keltirgan C-SPAN.

Putin Tramp bilan «shaxsan tanishganidan» juda xursand ekani, bugungi uchrashuv esa albatta natijalar keltirishi haqida qo‘shimcha qilgan.

Putin va Trampning uchrashuvi G20 sammiti doirasida o‘tkazildi. Bu ikki siyosatchining ilk uchrashuvidir. Bungacha siyosatchilar bir necha marta telefon orqali bog‘lanishgandi.

Ularning ilk uchrashuvida AQSh Davlat departamenti rahbari Reks Tillerson va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ham ishtirok etdi.

Mavzu
Hamburgda G20 sammiti

7-8 iyul kunlari Germaniyaning Hamburg shahrida G20 sammiti bo‘lib o‘tadi. Har yili o‘tkaziladigan sammitda «Katta yigirmatalik» davlatlari rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishadi

Barchasi
Mavzuga oid
Top