22:15 / 07.07.2017
30931

Putin Tramp bilan uchrashuvda nimalar haqida gaplashganini aytdi

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan uchrashuvida qanday mavzularni muhokama qilgani haqida gapirdi. Uning so‘zlari «Interfaks» tomonidan keltirildi.

Ma'lum qilinishicha, siyosatchilar Ukrainadagi vaziyatni, Suriya inqirozini, terrorizm va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari, shuningdek, kiberxavfsizlik mavzusini gaplashishgan.

«Men Qo‘shma shtatlar prezidenti bilan juda uzoq vaqt davomida muloqot qildim. Ko‘plab savollar to‘planib qolgandi - biz Ukraina, Suriya, va boshqa ko‘plab muammolarni, ikki tomonlama masalalarni gaplashdik. Biz yana terrorizmom, kiberxavfsizlik sohalariga qaytdik. Men o‘zim va uning nomidan sizlardan uzr so‘rayman», — degan Putin.

Putin va Tramp uchrashuvi 2 soatu 20 daqiqa davom etdi va bu rejadagidan ancha ko‘p edi.

Tramp va Putin Suriya masalasi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Mavzu
Hamburgda G20 sammiti

7-8 iyul kunlari Germaniyaning Hamburg shahrida G20 sammiti bo‘lib o‘tadi. Har yili o‘tkaziladigan sammitda «Katta yigirmatalik» davlatlari rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishadi

Barchasi
Mavzuga oid
Top