22:40 / 07.07.2017
53716

Metan va propan gaz to‘ldirish shoxobchalariga alohida ko‘rsatmalar berildi

Hozirda O‘zbekistonda jazirama yoz hukmronlik qilmoqda.

Bunday ob-havoda Andijon viloyati hududida faoliyat yuritayotgan 
217 ta “Avtomobillarga yoqilg‘i quyish”, 45 ta “Avtomobillarga suyultirilgan propan gaz to‘ldirish” va 51 ta “Avtomobillarga metan gaz to‘ldirish kompressor” shoxobchasi va 6 ta neft mahsulotlarini saqlash omboridagi xodim va mutasaddilardan yong‘in xavfsizligini ta'minlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa va yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha yanada ma'suliyatli ish olib borish talab qilinadi.

Andijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan har bir shoxobchaga borib, maskandagi ishchi xizmatchilar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, kerakli tavsiyalar berib kelinmoqda. Yong‘in xavfsizligi xodimlari bilan ko‘rgazmali tarzda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkil qilindi.

Jazirama ob-havo hamda kundalik ish faoliyati davomida shoxobcha rahbari va ishchi xodimlaridan quyidagi qoidalarga amal qilishi lozim:

- shoxobchaga kirib kelayotgan transport vositalaridagi yo‘lovchi va fuqarolarning mavjud emasligiga;

- shoxobcha hududiga kirgan transport vositalari haydovchilaridan maxsus guvohnomalar mavjudligiga;

- avtomobillarga metal gaz ballonlari o‘rnatilgan bo‘lishi, ballonlar belgilangan muddatlarda sinovdan o‘tkazilganligiga;

- mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv kurslarini tamomlagan fuqarolarni ishga qabul qilinishi va ishchi-xizmatchilarning texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha doimiy yo‘riqnomadan o‘tkazilib borilishiga;

- shoxobcha ishchi-xizmatchilarning maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlanganligiga;

- avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlarning sinov muddati o‘tmaganligiga;

- shoxobchalarni birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan to‘liq jihozlanganligiga;

- shoxobchalar hududida yong‘inga qarshi suv hovuzlarining mavjudligi va suv bilan to‘ldirilganligiga hamda yong‘in o‘chirish texnikasi (motopompa) sozligiga;

- shoxobchalar hududida yong‘in va texnika xavfsizligi bo‘yicha ogohlantiruvchi eslatma, plakat va belgilar mavjudligiga;

- maskanlarda yong‘in yoki boshqa favqulodda hodisalar sodir bo‘lganda insonlarni va moddiy boyliklarni qutqarish rejasi ishlab chiqilib, ko‘rinarli joylarga osib qo‘yilganligiga aloxida e'tibor qaratilishini so‘rab qolamiz.

Ushbu me'yor qoidalariga amal qilishlik o‘zimiz va yaqinlarimiz hayotini, jamiyat va shaxsiy mulkimizni turli ko‘ngilsizliklardan asragan bo‘lamiz va bunga barchamiz birdek mas'ulmiz. 

Andijon viloyati IIB YoXB katta muxandisi: Ulug‘bek Qosimov 

Top