13:04 / 08.07.2017
7119

Xitoy janubida surunkali yomg‘irlar tabiiy ofatni keltirib chiqardi, qurbonlar bor

Foto: Reuters

Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan muxtor viloyatida surunkali yomg‘irlar natijasida yuzaga kelgan toshqinlar 26 kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda CCTV telekanali xabar berdi.

1 iyuldan beri davom etayotgan sel va jala mahalliy daryolardagi suv sathini ko‘tarib yuborgan. 13ta shaharda suv toshqini qayd etilgan. Guylin, Nannin, Uchjou, Bayse, Guygan, Xechjou, Tsinchjou, Beyxay shaharlari tabiiy ofatdan jiddiy talofat ko‘rgan.

Tabiiy ofat 1,88 milliondan ortiq inson hayotini izdan chiqardi. Hukumat 185 mingga yaqin fuqaroni xavfsiz joylarga ko‘chirdi. 

Foto: Xinhua  

Foto: Xinhua  

Foto: AFP

Foto: Xinhua 

Top