12:56 / 08.07.2017
12532

Toshkentdagi Singapur instituti imtihonlarini onlayn kuzatish mumkin

2017 yildan boshlab Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti kirish imtihonlarini o‘zining rasmiy sayti va Youtubedagi sahifasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qiladi. 

Bu sahifalar orqali kirish imtihoni jarayonini bevosita kuzatishi asnosida kuzatuvchilar uchun uning shaffofligini ta'minlash maqsad qilingan. Ushbu jarayonni birgina havolani bosish orqali kuzatib borishingiz  mumkin.

Bundan tashqari, joriy yil oliygoh tashkil topganiga 10 yil to‘lishi arafasida kirish imtihonlarini tranclyatsiya qilishdan tashqari, yangilik sifatida matematika fani ham kirish imtihoniga qo‘shilgan.

Imtihonlar 10 iyul kuni boshlanib, 21 iyulgacha davom etadi. Onlayn translyatsiyani 8.00 dan 11.20gacha hamda 14.00 dan 17.20 gacha bo‘lgan vaqtlarda quyidagi veb-havolalar orqali kuzatib borish mumkin bo‘ladi:

Veb sayt : www.mdis.uz

Youtube portalidagi manzil : MDIS Tashkent

Top