21:11 / 08.07.2017
13593

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh va Rossiya prezidentlari bilan uchrashdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Hamburgda bo‘lib o‘tgan G20 davlat rahbarlari sammiti doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Davlat rahbarlari uchrashuvi «Messe» anjumanlar zalida tashkil etilib, 20 daqiqa davom etdi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.

Rajab Erdo‘g‘an mazkur sammit doirasida, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashdi. Ikki yetakchi bir soatga yaqin davom etgan. 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uchrashuv Suriya va Iroqdagi jarayonlar nuqtai nazaridan juda muhim ahamiyatga ega.

Mavzuga oid
Top