16:20 / 09.07.2017
8785

Obameyang uchun 60 mln yevro. Futbolchi A Seriyaga kelishi mumkin

«Milan» Dortmundning «Borussiya» klubi bilan gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrida yozilishicha, italyanlar 27 yoshli bu futbolchi transferi uchun 60 million yevro to‘lashga, uning o‘ziga esa 8 million yevro miqdoridagi yillik maosh tayinlashga tayyor. Bu orqali ushbu gabonlik hujumchi Italiya chempionatidagi eng yuqori maosh oladigan futbolchiga aylanishi mumkin.

Shu bilan birga ushbu futbolchi uchun «Chelsi» ham jiddiq qiziqish bildirmoqda, londonliklar jamoasi vaziyatni kuzatib bormoqda va istalgan vaqtda futbolchi uchun kurashga qo‘shilishi mumkin.

Avvaliga ushbu futbolchi «PSJ»ga 70 million yevro evaziga o‘tishi kutilgandi, ammo parijliklar Verratti ketayotgani tufayli hujumchi emas, yarim himoyachi olishga qaror qildi.

Yakunlangan mavsumda gabonlik hujumchi jamoasi uchun barcha turnirlar doirasida 46 uchrashuvda maydonga tushib, 40 gol urdi va 5 golga uzatma berdi.

Ma'lumot uchun, Obameyang 2007 yilda «Bastiya»dan «Milan» akademiyasiga o‘tgan, ko‘p o‘tmasdan professional shartnoma imzolagan. Ammo u yoshlar jamoasida 5 yil davomida atigi 7 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol urgan, keyinroq Fransiya klubiga ijaraga berilgandi.

Top