14:50 / 09.07.2017
26586

Prezident tashrifidan keyin Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari ishdan ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifining birinchi kuni yakunida, 8 iyul kuni viloyat faollari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

«Kun.uz» muxbiri bergan ma'lumotga ko‘ra, yig‘ilishda Namangan viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari To‘lqin Dadabayev vazifasidan ozod etilgan.

Yig‘ilish davomida viloyatdagi Mingbuloq va Yangiqo‘rg‘on tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari ham o‘z lavozimidan bo‘shatilgan.

Bundan oldinroq mazkur yig‘ilishda Namangan shahar hokimi Bahodir Bekxo‘jayev ishdan olingani, shaharning qolgan mas'ul rahbarlari — prokuror, IIB va DSI boshlig‘ining faoliyatiga baho berish tegishli respublika idoralari mutasaddilariga havola etilgani to‘g‘risida xabar qilingandi.

Top