15:10 / 09.07.2017
20744

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga hamdardlik bildirdi

Foto: JIJI PRESS / AFP

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe nomiga Fukuoka va Oita prefekturalaridagi keng ko‘lamli tabiiy ofat natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va vayronliklar munosabati bilan maktub yo‘lladi.

«Chuqur ta'ziyamni qabul qilishingizni va halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman, jabr ko‘rganlar tezroq sog‘ayib ketishini tilayman», - deyiladi davlat rahbarining TIV saytida keltirilgan maktubida.

Yaponiya janubi-g‘arbidagi kuchli yomg‘irlar oqibatida yuz bergan tabiiy ofat qurbonlari soni 18 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni vaqtda, boshqa bir qator yapon ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, 20 kishi bedarak yo‘qolgan deb taxmin qilinmoqda.

Top