14:23 / 10.07.2017
8669

8 iyul kuni Toshkentda 8 ta YTH yuz berdi, 2 inson hayotdan ko‘z yumdi

Foto: "Kun"

2017 yilning 8 iyul kuni Toshkent shahri hududida 8 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 8 nafar shaxslar tan jarohati olgan, 2 nafar shaxslar vafot etgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 8 iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2081 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 695 tasini qo‘pol turdagi, 23 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 8 iyul kuni jami 939 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 378 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 561 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top