21:24 / 10.07.2017
10004
Barchasi hal. Lukaku endi «MYu» futbolchisi

«Manchester Yunayted» «Everton»dan Romelu Lukaku sotib olinganini e'lon qildi. 

Mankunianliklar rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, belgiyalik bu hujumchi bilan 5 yillik shartnoma tuzilgan. Kelishuvda shartnomani uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, transfer qiymati 75 mln funt (85 mln yevro). U jamoada Zlatan Ibrahimovichdan bo‘sh qolgan 9-raqamli futbolkada to‘p suradi.

Ushbu transfer doirasida manchesterliklar hujumchisi Ueyn Runi «Everton»ga borib qo‘shildi.

Lukaku yakunlangan mavsumda «Everton» safida 39 o‘yinda maydonga tushgan va 26 gol urib, 7 golga uzatma bergan. 24 yoshli hujumchi «irislar» safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelayotgandi.

Top