01:21 / 10.07.2017
34189

Bizda shunday tajriba borligini bilarmidingiz?

Xalqaro Press klubning so‘nggi sessiyasida jurnalistlardan biri senatorlarga qiziq savol bilan murojaat qildi: "Fransiyaning har bir fuqarosi Senatga kelib, shu yerning o‘zida senatorlar bilan uchrashish huquqiga ega. Fuqaro ularga o‘zini qiziqtirgan savolni berib, javob olishi mumkin. Odamlar senatorlar qabulga yozilib, muammosini hal qilish imkoniga ega bo‘lsa. O‘zbekistonda shunday tajribani joriy qilish mumkinmi?"

"Bizda bunday tajriba yo‘qmi?", deya taajjublandi Senat raisi o‘rinbosari S.Ortiqova. - Agar Senatga kelmoqchi bo‘lsangiz, uning eshiklari doimo ochiq. Xoh senator bo‘lsin, xoh uning o‘rinbosari - uchrashishingiz mumkin. Kelishingizni aytib qo‘ying, biz sizni qabul qilamiz va savolingizga javob beramiz. 

Bugungi kunda biz hatto qonunchilikni kiritayotganda ularni hayotda qo‘llaydigan mutaxassislarni ham ekspert sifatida taklif qilyapmiz. 

Bizda shunday tajriba bor - maktab, litsey, kollej va OTMlarda tahsil oluvchilar Senatga kelib, uning faoliyati bilan tanishishadi. Nafaqat Senatda! Bizning senatorlar viloyatlarda, joylarda bo‘lganda ham ularning maydonida yoshlar bilan uchrashishadi". 

"Fransiya yaxshi, albatta, lekin bizda ham yomon emas", - deya qo‘shimcha qildi Xalqaro Press-klub moderatori. 

Mavzuga oid
Top