19:35 / 10.07.2017
15501

Tramp G20’dagi muzokaralarda qizi nega ishtirok etganini tushuntirib berdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, qizi Ivankaning muzokaralarda bo‘lishi odatiy holat hisoblanadi.

Avvalroq internetda Ivankaning muzokaralar vaqtida otasi o‘rnida o‘tirgani tasvirlangan fotosuratlar tarqaldi. Xabar qilinishicha, bu holat shanba kuni Hamburgdagi “Katta yigirmatalik” sammiti vaqtida ro‘y bergan. Suratda Ivanka XXR raisi Si Tszinpin, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan birga o‘tirganini ko‘rish mumkin.

"Yaponiya va boshqa davlatlar bilan qisqa uchrashuvlardagi muzokaralar uchun xonani tark etganimda, Ivankadan o‘rnimga o‘tirishni so‘radim. Bu juda oddiy holat. Angela M (Merkel — tah.) bunga qo‘shiladi", - deya yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Odatda mamlakat yetakchisining oila a'zolari yopiq muzokaralarda ishtirok etmaydi, biroq Ivanka Donald Tramp prezidentligi ilk kunlaridanoq otasiga boshqa davlat yetakchilari bilan uchrashuvlarida hamrohlik qilib kelmoqda.

Mavzuga oid
Top