22:35 / 11.07.2017
8303

Olim kiberhujumlarga haqiqiy qurol bilan javob berishni taklif qildi

Finlyandiyaning Aalto universiteti professori Yarno Limnell kiberhujumlarga haqiqiy qurol bilan javob berishni taklif qildi. Uning fikricha, kiberurushda kurashishning yangi usullarini yaratish zarur, deb xabar bermoqda Yle nashri.

Limnella Yevropa Ittifoqi va Finlyandiyani bo‘lg‘usi axborot hujumlarining oldini olish uchun kiber-qo‘rqiritishning kuchli usulini yaratishga chaqirdi.

"Eng muhimi – siyosiy qat'iylik va umumiy holda kiberta'sir usullariga javob qaytarishga umumiy istak mavjudligi. Eng kichik chora – bu siyosiy chiqish bo‘lsa, eng kuchlisi qurol bilan zarba berishdir. Misol uchun, Britaniya jiddiy kiberhujumlarga qarshi jismoniy kuch qo‘llashi, masalan, havo zarbasi berishi mumkinligini aytgan", deb ta'kidlab o‘tdi olim.  

Uning aytishicha, kiber-qo‘rqitishni iloji boricha tezroq yaratish kerak, chunki kurashish usullarining yo‘qligi dushmanni faqatgina yangi zarbalar berishga undaydi. 

Top