08:48 / 11.07.2017
35432

Prezident tibbiyotdagi poraxo‘rlik, mensimaslik haqida gapirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 7-8 iyul kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi. 

Prezident viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish chog‘ida tibbiyot sohasiga yana bir bor to‘xtalib o‘tdi.

“Albatta, tibbiyot sohasida ham juda katta noroziliklar bor. Korrupsiya, poraxo‘rlik, mensimaslik. Menga savol yozayapti: Janob Prezident, tibbiyot pullikmi yoki bepulmi, deyapti. Bu savol bilasizmi men uchun qanday og‘ir savol. Lekin bu to‘g‘ri savol. Shuning uchun bu yerda ham izlanishdamiz. Xabaringiz bor, qishloq vrachlik punktlarining 50-60 foizini yopdik, uning qoshida ko‘p joylarda poliklinika tashkil qilayapmiz. Tez tibbiy yordamni mutlaqo boshqacha qilayapmiz. Mana, dori-darmonlar bo‘yicha dushanba kuni yana bitta qaror chiqadi. Tartib-intizom, talab bundan ham qattiq kuchayadi. Kimga? Ijro organining hamma rahbarlariga. Agar xalqni ichiga kirmasa, u xiyonat qilgan bo‘ladi”, - degan Prezident yig‘ilish chog‘ida.  

Top