09:43 / 11.07.2017
56632

Shavkat Mirziyoyev: O‘zim yashagan joyda ham har kuni gaz, svet bo‘lmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 7-8 iyul kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi. 

Prezident viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish chog‘ida qishloqlardagi gaz va elektr energiyasi masalasi haqida ham gapirgan.

“O‘zbekiston sharoitida birinchi marotaba Popda briket ishlab chiqarayotgan zavodni ochdik. Bu nimadan dalolat? Bu avvalambor ko‘mirdan ancha arzon, gazdan to‘rt-besh barobar arzon. Standartlarga to‘g‘ri keladigan briket zavodni ochdik. Mana shuni 3 kg, 5 kg, 10 kg, 20 kg qilib tarqatib, oldiga pechkasini har xilini beramiz, go‘yoki kichkina masala, lekin odamlarni qiynayotgan masala. Yosh bolasi, nabirasi bo‘lgan odamlarga qishda issiq bo‘lmasa, bulbul ovozi yoqmaydi, degani shu-da.

Men ham qishloqda yashaganman. O‘zim yashagan joyda ham har kuni gaz, svet bo‘lmaydi. Menga ham qarindoshlarim aytadi: Qani, kattakon, o‘tirib ko‘ring siz ham bir ikki-uch soat gazsiz, svetsiz, deydi. Chidayman. Nega desangiz – bu hayot. Haqiqiy hayot bu – qishloq. Oyog‘imiz yerdan uzilmay, qishloqni hayotini ko‘proq bilsak, xatolar kam bo‘ladi. Qabul qilayotgan qarorlarimiz adolatli bo‘ladi”, - dedi Mirziyoyev.  

Top