17:50 / 11.07.2017
27190

Tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 12-16 iyul kunlarida kutilayotgan ob-havo ma'lumotlari haqida xabar qildi. Unga ko‘ra, respublikaning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

«O‘zgidromet» markazi ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yil 12-16 iyul kunlari xavo harorati issib ketishi oqibatida respublika tog‘li hududlarda Tojikiston va Qirg‘iziston hududidan sel kelish xavfi mavjud.

Nurek suv omborida suv ko‘payishi va tog‘lardan erigan suvlar tushishi hisobiga Amudaryo suv darajasi 400-420 smgacha ko‘tarilishi mumkin. Buning natijasida qirg‘oqlarni va atrofdagi hududlarni suv bosishi mumkin.

O‘zbekiston FVV fuqarolardan xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilishni so‘ragan.

Mavzuga oid
Top