07:50 / 12.07.2017
5855

Yaponiya Xitoyga KXDR yuzasidan bayonot bilan chiqqan

Foto: Kyodo

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe G20 sammiti davomida XXR raisi Si Tszinpinni Shimoliy Koreyaga neft eksportini to‘xtatishga chaqirdi.

Bu haqda Nikkei gazetasi yapon hukumatiga yaqin manbalarga asosan xabar berdi.

«Hozir KXDRga bosimni kuchaytirish juda muhim. Shuni istardimki, siz ancha konstruktiv o‘rinni egallashingiz lozim», - deya ma'lum qildi Abe xitoylik hamkasbiga Hamburgdagi sammit davomida.

Si Tszinpinning bunga javoban aytishicha, Xitoy BMT tomonidan qo‘yilgan sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha narsani qilmoqda. U Shimoliy Koreyadan ko‘mir importi to‘xtatilganini ham eslab o‘tgan. Xitoy rahbarining qo‘shimcha qilishicha, u nafaqat sanksiyalar, balki muloqotning ham tarafdoridir.

Top