21:00 / 12.07.2017
16423

Endi «Lester» ertagi butkul yakunlanishi mumkin

«Lester» klubi xo‘jayini Vishay Shrivaddanaprabxa va uning o‘g‘li Ayyavatt Tailandda korrupsiyada ayblanmoqda.

The Guardian tarqatgan xabarga ko‘ra, Vishay va uning o‘g‘liga tegishli bo‘lgan King Power kompaniyasi Bangkok aeroporti franshizasi orqali Tailand xazinasiga 327 mln funt mablag‘ni to‘lamagan.

Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbari Charnchayn Isarasenarak tadbirkorlarni sudga bergan. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, King Power kompaniyasi aeroport vakillari bilan til biriktirib, bojsiz savdodan olingan daromadlardan 15 foiz o‘rniga bor yo‘g‘i 3 foiz miqdorida soliq to‘lagan.

Eslatib o‘tamiz, King Power 2010 yilda «Lester» klubini 39 mln funt evaziga sotib olgan edi. Jamoa 2015/16 yillar mavsumida Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Top