21:51 / 12.07.2017
6108

Erdo‘g‘an favqulodda vaziyat tartibi bekor qilinishi muddatiga oydinlik kiritdi

Foto:SS0 Public Domain

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiyada 2016 yil 16 iyulga o‘tar kechasi amalga oshirilgan davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin kiritilgan favqulodda vaziyat tartibi yaqin istiqbolda bekor qilinishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Hurriyet daily news nashri ma'lum qildi. 

"Aksilterrorchilik kurashimizga zarurat qolmagandan keyin biz favqulodda vaziyat tartibini albatta to‘xtatamiz. FETÖ ishlari rasmiylashtirilgan ko‘rinish ola boshladi, biz shuningdek Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi kurashda ancha yutuqlarga erishdik. Shuning uchun biz hozir cheklangan hududda amalga oshirayotgan favqulodda vaziyat tartibi yaqin istiqbolda bekor qilinadi", deb aytgan Erdo‘g‘an va hozirgi vaziyatda favqulodda vaziyat tartibi bekor qilinishi bo‘yicha gap ham bo‘lishi mumkinmasligini qo‘shimcha qilgan.

"Hozirgi sharoitda favqulodda vaziyat tartibi bekor qilinishi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Odamlar favqulodda vaziyat tartibi qachon yakunlanishini so‘ramoqdalar. U biz barcha ishlarni hal qilgandan keyin to‘xtaydi", deb o‘z so‘zlariga yakun yasagan Erdo‘g‘an. 

Top