19:35 / 12.07.2017
9662

«PSJ» Dani Alves transferini e'lon qildi

Dani Alves rasman «PSJ» a'zosiga aylandi.

34 yoshli braziliyalik futbolchi parijliklar klubi bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi. Alves yangi jamoasida 32-raqam ostida harakat qiladi.

Dani Alves avvaliga «Manchester Siti» safiga o‘tishi kutilgan, ammo kutilmaganda u yo‘nalishni Parij tomon o‘zgartirdi.

OAVda yozilishicha, parijliklar unga «Manchester Siti»dan ko‘ra ikki baravar ko‘proq maosh (yiliga 10 mln yevrodan ortiq) taklif etishgan.

Futbolchi «Yuventus»dan erkin agent maqomida Fransiya chempionatiga keldi.

Mavzuga oid
Top