16:40 / 13.07.2017
36317
«Ayaks»da noxush xabar

Niderlandiyaning «Ayaks» klubi ma'lum qildiki, jamoa yarim himoyachisi Abdulhaq Nuriyda jiddiy va bedavo dard aniqlangan. Ushbu 20 yoshli futbolchining tiklanishi uchun imkoniyati yo‘qligi ma'lum qilindi.

«Bu eng yomon xabar. Bu juda qo‘rqinchli. Nuriyning yaqinlari va do‘stlarining hozirgi iztiroblarini so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Bu, voqealarning istalgan rivojiga tayyor turadigan «Ayaks» uchun ham jiddiy zarba», degan klub bosh direktori Edvin van der Sar.

Abdulhaq Nuriy o‘tgan haftada «Verder» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga hushsiz yiqilgandi. Futbolchi o‘yinning 72-daqiqasida o‘zini noxush his qila boshlagach, ushbu asli kelib chiqishiga ko‘ra marokashlik bo‘lgan futbolchiga shifokorlar tibbiy yordam ko‘rsatishgandi.

Dastlabki ma'lumotlarda, Nuriy yuragidagi aritmiya tufayli hushidan ketgani aytilgandi.

Abdulhaq Nuriy «Ayaks» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015 yilda jamoa tarkibida debyut qilgan.

O‘tgan mavsumda Nuriy klubi safida barcha turnirlar doirasida 41 uchrashuv o‘tkazgan, 11 gol urib, 14 golga uzatma bergandi.

Top