20:09 / 13.07.2017
17044

Londondan Manchesterga. Yozning yana bir jiddiy transferi ro‘y berish arafasida

«Tottenhem» himoyachisi Kayl Uoker faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettiradi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, klublar yangilik futbolchining transferi uchun 45 million funt va qo‘shimcha bonus evaziga 5 million funt mablag‘ga kelishishgan.

Uoker «Siti»ning yozgi transferlar vaqtidagi eng asosiy maqsadi edi. Ammo avvaliga klub futbolchini 40 million funtdan qimmatiga sotib olishni istamagan, Dani Alves transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, ular yana Uoker variantiga to‘xtalishgandi.

Kayl Uolker «Tottenhem»ning mavsumoldi yig‘inida qatnashmayapti va kelishuv yakunlanishini kutmoqda. Agar bu transfer rasmiylashtirilsa, «Manchester Siti» «PSJ»ning 2014 yilgi rekordini takrorlaydi, o‘shanda parijliklar jamoasi 50 mln funt evaziga «Chelsi»dan David Luisni sotib olgan va braziliyalik futbolchi dunyodagi eng qimmatbaho himoyachiga aylangandi.

2016/17 yilgi mavsumda Uolker APLda 33 o‘yinda maydonga tushdi va 5 golga uzatma berdi.

Top