11:41 / 13.07.2017
5481

Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universitetidan minglab talabalar evakuatsiya qilindi

Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universitetidan minglab talabalar evakuatsiya qilindi. Ushbu holat portlash tahdidi haqida qo‘ng‘iroq kelib tushgach, ro‘y bergan. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, barcha talabalarni universitet hududidagi maydonga yig‘ishgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kampus politsiyasi mahalliy politsiyadan tergov jarayonida yordam ko‘rsatishni so‘radi.

Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, hech kim jabrlanmagan.

Top