19:33 / 13.07.2017
6818

Merkel: YeI AQSh bilan hamkorlikka baribir muhtoj

Yevropa Ittifoqi fikrlar qarama-qarshiligiga qaramay, Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlikka muhtoj. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel ma'lum qildi.

«Amerika prezidenti bilan Hamburgdagi G20 sammitida uchrashdik. Biz o‘zaro to‘qnash nuqtalar bor ekanini aniqladik – gap terrorizm bilan kurash, boshqa masalalar haqida bormoqda. Biroq qarama-qarshiliklar haqida ham gapirish lozim: bu yerda gap, afsuski, iqlim bo‘yicha Parij kelishuvining muhimligi haqida bormoqda», - deya Merkelning so‘zlarini keltiradi TASS.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «aloqalar va muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini saqlab qolish lozim».

«Biz xavfsizlik masalalarida AQSh bilan hamkorlikka muhtoj ekanligimizga aminmiz, qarama-qarshiliklarga qaramay», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Top