19:18 / 13.07.2017
34795

Onaning farosatsizligi 2 go‘dakning umriga zomin bo‘ldi

2017 yilning 10 iyul kuni Chilonzor tumani hududida muqaddam tan jarohati yetkazish jinoyati uchun sudlangan  M.R. ism-sharifli ona o‘zining 7, 5 va 3 yoshli qiz farzandlarini uyda qarovsiz qoldirgan. U ob-havo harorati yuqori darajada issiq bo‘lishiga qaramay xonadon oynalari va eshigini yopiq holatda qoldirib, xonadon eshigini qulflab, o‘z ishlari bilan ko‘chaga chiqib ketgan. Shu bilan  o‘zini-o‘zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan yosh farzandlarini xavf ostida qoldirgan.

Buning oqibatida fuqaro M.R.ning 3 va 5 yoshli farzandlari vafot etgan. O‘lim sabablari aniqlanmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda tashkil etilgan matbuot brifingida ma'lum qilindi. 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan JKning 117-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan xavf ostida qoldirish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top