14:50 / 13.07.2017
4238

Pokistonda suv toshqinlari, kamida 12 kishi halok bo‘ldi

Pokiston shimoli-sharqidagi suv toshqinlari natijasida kamida 12 kishi halok bo‘ldi va to‘rt inson jabrlandi. Bu haqda Dawn nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar tufayli yuz bergan suv toshqinlari Panjob viloyatining uch tumanida kuzatilgan.

Mahalliy meteorologlarning xabariga ko‘ra, noqulay ob-havo mamlakatning ushbu hududida yana bir necha kun davomida saqlanib qoladi. Biroq hafta oxiriga kelib Pokiston hududi uzra yangi atmosfera girdobi o‘tadi.

O‘tgan yili mavsumiy suv toshqinlari va kuchli yomg‘irlar 81 kishining umriga zomin bo‘lgandi, taxminan 300 ming inson jarblangan.

Mavzuga oid
Top