18:23 / 13.07.2017
6703
«Real» Xamesni ijaraga berishdan avval u bilan shartnomani uzaytirgan

«Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges «Bavariya»ga ijaraga berilishidan avval Madrid klubi bilan yangi shartnomaga imzo chekkan.

Unga ko‘ra, Xames 2021 yilga qadar «Real» a'zosi hisoblanadi. Kolumbiyalik futbolchining avvalgi shartnomasi 2019 yilga qadar mo‘ljallangandi.

Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar ushbu 26 yoshli yarim himoyachini 2 yil muddatga ijaraga olishdi. Buning uchun 10 million yevro to‘lanadi.

«Bavariya» 2 yildan keyin Xamesning transfer huquqini 40 million yevroga sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Marca ma'lumotiga ko‘ra esa, nemislar klubi Xamesni istalgan vaqtda 60 million yevroga transfer qilishi ham mumkin.

Top