12:15 / 13.07.2017
6879

Tramp Fransiyaga keldi

AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan Fransiyaga ikki kunlik tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Uning samolyoti Parijning Orli aeroportiga qo‘ngan.

Tramp tashrif doirasida fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan terrorizmga qarshi kurash va Suriyadagi vaziyatni muhokama qiladi. Shuningdek, AQSh prezidenti Bastiliya egallangan kun va AQShning Birinchi jahon urushiga kirganining 100 yilligiga bag‘ishlangan maxsus marosimlarda ham ishtirok etadi.

Top