17:35 / 13.07.2017
9174

WikiLeaks yangi maxfiy hujjatlarni e'lon qildi: MRB Android’dagi SMS’larni kuzatib borgan

Foto: Flickr

WikiLeaks sayti Vault 7 nomi ostidagi maxfiy hujjatlarni oshkor etish seriyasi doirasida MRBning yangi hujjatlarini e'lon qildi.

Yangi qismda WikiLeaks MRBning Highrise loyihasiga tegishli hujjatlarni e'lon qilgan. U Android qurilmalaridagi SMS-xabarlarni kuzatish va boshqa manzilga yuborishga mo‘ljallangan.

Ta'kidlanishicha, u o‘ziga Android negizida ishlovchi 4.0-4.3 dasturiy tizimlaridagi mobil telefonlar uchun ilovani ham qamrab olgan.

Xabarga ko‘ra, Highrise olib yuriluvchi qurilmadagi barcha SMSlarni kuzatib turuvchi va ma'lumotni tutish posti bilan maxfiy aloqa kanalini yaratuvchi dasturga ham ega.

Top