Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Vladimir Putinning AQShga tashrifi haqida gapirishdan avval, Vashingtondan rasmiy taklif tushishini kutish lozim.
- Keling, taklifni kutamiz, qaror taklif kelganidan so‘ng qabul qilinadi, - deya ta'kidlab o‘tdi Kreml vakili.
Shu bilan birga, jurnalistlar agarda Donald Tramp ertagayoq taklif jo‘natsa, Kremlning javobi qanday bo‘lishi bilan qiziqishgan.
- Buni ertaga ko‘ramiz, - deya qo‘shimcha qilgan Rossiya yetakchisining matbuot kotibi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni qachon Oy uyga taklif qilishiga oydinlik kiritgani xabar qilingandi.