08:01 / 14.07.2017
5859

Putin Iordaniya qiroli bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Iordaniya qiroli Abdulla II bilan telefon muloqoti o‘tkazdi, deya xabar berildi Kreml saytida.

Suhbat Iordaniya tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.

Ikki davlat yetakchilari Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat, xalqaro terrorizm bilan kurashdagi umumiy sa'y-harakatlarni muhokama qilishgan.

«2017 yilning 7 iyul kuni Ammanda Rossiya, Iordaniya va AQSh o‘rtasida imzolangan Suriya janubi-g‘arbida jangovar harakatlardan xoli hududni tashkil etish bo‘yicha Memorandumning ahamiyati ta'kidlab o‘tildi. U Suriya Arab Respublikasining boshqa tumanlarida ham jangovar harakatlarni to‘xtatish rejimini o‘rnatishda yordam berishi lozim», - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top