09:16 / 14.07.2017
13053

Oq uyda Rossiyaga AQShdagi diplomatik mulki qanday shartda qaytarilishi ma'lum qilindi

Foto:epa/vostock-photo

AQSh prezidenti yordamchisining o‘rinbosari Sebastyan Gorkaning ma'lum qilishicha, Oq uyda Moskvaga Qo‘shma Shtatlar hududidagi Rossiya diplomatik mulkini qaytarish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar bermoqda CNN.

Gorkaning aytishicha, bunday tashabbusga sabab – Vashington ikki davlatning o‘zaro aloqalari va hamkorligiga imkoniyat bermoqchi ekanligida.

«Unutmang, Suriyada 400 mingdan ortiq kishi o‘ldirildi. Bu dahshatli. Biroq Kremlda sulh kabi narsalar bo‘yicha yaxshi rejalar bo‘lsa, AQSh davlat kotibi Reks Tillerson, ikki poytaxt o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishini ko‘rmoqchi ekaniga ham imkon bor», - deya xulosa qildi u.

Top