18:20 / 15.07.2017
19797

Al-Aqsa masjidining yopilishi islom dunyosida norozilik keltirib chiqardi

Foto: aa.com.tr

Butunjahon musulmon olimlari ittifoqi va xorijdagi falastinlik olimlar Qo‘mitasi Isroil tomonidan al-Aqsa masjidining yopib qo‘yishilidan norozilar.

Qo‘mita bayonotida aytilishicha, al-Aqsaning namoz o‘qish uchun yopilishi barcha musulmonlarga qarshi qaratilgan jinoyat sanaladi.

Bayonotda barcha musulmonlar davlatlarga, jumladan, al-Aqsa masjidi bo‘yicha o‘ziga ba'zi majburiyatlarni olgan Iordaniyaga chaqiriq bor. Unda bu jinoyatga qarshi kurashish va keyingi jumani “al-Aqsa masjidi uchun qahr jumasi” deb e'lon qilish taklifi bor.

Butunjahon musulmon olimlari ittifoqi ham masjidning yopilishini jinoyat, deb atadi. Ittifoq o‘z bayonotida musulmon dunyosi al-Aqsa masjidining yopilganidan jim turganini qoralaydi.

Ittifoq bosh kotibi Ali Muhiddin al-Qoradog‘iyning ogohlantirishicha, bu «xavfli» qadamlar bosib olingan hududlarda keskinlikni oshiradi». 

Eslatib o‘tamiz, kecha uch nafar falastinlik al-Aqsa masjidi yonida Isroil huquq-tartibot xodimlariga qarata o‘t ochdi. Politsiya al-Aqsaga kirishni yopib qo‘ydi. Juma namozi taqiqlandi. 

Top