14:47 / 15.07.2017
4682

Britaniyaning Brexit bo‘yicha vaziri hujjatlarni maxsus chemodanda olib yurishi ma'lum bo‘ldi

Foto: telegraph.co.uk

Buyuk Britaniyaning Brexit ishlari bo‘yicha vaziri Devid Devis mamlakatning YeIdan chiqishi bilan bog‘liq hujjatlarni maxsus chemodanda olib yuradi. U tashqi elektromagnit maydonlardan himoyalangan bo‘lib, xorijiy josuslardan asrash maqsadida shunday chora ko‘rilgan, deb yozadi Telegraph gazetasi.

Nashrning yozishicha, chemodan Faradey qafasi bilan jihozlangan bo‘lib, u tashqi elektromagnit maydonlar ta'siridan saqlaydi. U, shuningdek, barcha turdagi simsiz,  GPS va Wi-Fi signallarini qaytaradi. Bu esa, chemodan ichida saqlanayotgan ma'lumotlarni o‘g‘irlanishdan saqlash imkonini beradi. 

Vazir, ehtiyotkorlik sifatida Apple kompaniyasining qo‘l soatlarini Garmin soatiga almashtirgan. U smart soatdagi mikrofon orqali uni tinglashlaridan xavfsiragan. 

Mavzuga oid
Top