16:53 / 15.07.2017
13715

Chimyonda bedarak yo‘qolgan fuqaro 10 kundan beri qidirilmoqda

2017 yilning 5 iyul kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Boris Kadaskiy toqqa chiqish yo‘nalishini hech kim bilan kelishmay maxsus anjomlar va ko‘nikmalarsiz piyoda toqqa chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabar kelib tushishi bilan FVV xodimlari tomonidan qidiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Hozirgi vaqtda ham FVV qutqaruvchilari tomonidan qidiruv ishlari davom etmoqda.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan B.Kadaskiy bedarak yo‘qolgan, deb e'lon qilingan.

Top