19:57 / 15.07.2017
8467

Fransiya Qatarga nisbatan bayonot bilan chiqdi: «Mamlakatdan sanksiyalarni tezroq olib tashlash lozim»

Foto: Naseem Zeitoon

Fransiya hukumati arab davlatlari tomonidan Qatarga nisbatan kiritilgan cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Fransiya oddiy aholi hayotiga murakkablik tug‘diruvchi choralarni tezroq olib tashlashga chaqiradi», - deya ma'lum qildi Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian.

U shunday bayonot bilan Dohaga tashrifi davomida chiqqan.

Ta'kidlanishicha, tashqi siyosat idorasi rahbari bugun Saudiya Arabistoniga boradi, ertaga esa Kuvayt va BAAga tashrif buyuradi.

Top