10:33 / 15.07.2017
9564

Mirziyoyev: “Deputatga bepisandlik – xalqqa bepisandlik”

Foto: O‘zA

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma'ruza qildi. Uning aytishicha, Oliy Majlisning davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, qabul qilinayotgan qonunlar, muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega davlat dasturlarining ijrosini so‘zsiz ta'minlashga qaratilgan ishlarni ham yetarli, deb bo‘lmaydi.

2017 yilning o‘tgan davrida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan vazirlik va idoralarga yuborilgan jami 284 ta deputatlik so‘rovidan 100 tasiga qonunda belgilangan muddat buzilgan holda javob berilgan. 24 tasida esa umuman javob berilmagan. 

“Nima uchun Qonunchilik palatasi qo‘mitalari, partiya fraksiyalari bunday holatlarga nisbatan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida o‘z munosabatini bildirmayaptilar. Deputatga bepisandlik – xalqqa bepisandlik, deb baholanishi shart. Deputatlik so‘rovini ko‘rib chiqmagan yoki unga javob bermagani uchun javobgarlikni kuchaytirish lozim”, - dedi Mirziyoyev.   

Top