09:49 / 15.07.2017
16041

Prezident deputatlar haqida: “Ishlagan bilan ishlamaganning farqi bo‘lishi kerak”

Foto: O‘zA

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma'ruza qildi. Prezidentning ma'lum qilishicha, siyosiy partiyalarning o‘z fraksiyalari bilan uzviy aloqasini kuchaytirish darkor. 

“Bu borada, yilda bir marotaba siyosiy partiya rahbarlarining prezident bilan uchrashuvini o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘ysak maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, - degan Mirziyoyev.

“Bugungi kunda siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlarining qonun tashabbuskorligi bo‘yicha faoliyati ham talab darajasida emas. Misol uchun, 2015-2017 yillarda parlamentimiz tomonidan 55 ta qonun qabul qilingan bo‘lsa, fraksiyalar tomonidan bildirilgan tashabbuslar asosida qabul qilingan bironta ham qonun yo‘q. Bironta ham. Mana shuning o‘zi siyosiy partiyalarning bugungi faoliyatiga berilgan baho emasmi?”, - dedi Prezident.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu sohadagi ishlarni yaxshilash uchun qonunchilik tashabbusi bilan chiqqan va shu tashabbusi qabul qilingan deputatlarni rag‘batlantirish tizimini joriy qilish lozim. “Ishlagan bilan ishlamaganning farqi bo‘lishi kerak”, - dedi Mirziyoyev.

Top