19:45 / 15.07.2017
20598

Samarqand Yoshlar ittifoqiga rais saylandi

Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Turobjon Jo‘rayev yoshlar ittifoqining viloyat kengashi shu bugunga qadar e'tibordan chetda qolgan uyushmagan yoshlarning ichiga kirishi, ularning muammolarini, qiynab kelayotgan masalalarni tahlil qilib, ularga hayotda o‘z o‘rnini topishda amaliy yordam ko‘rsatish dasturini ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi. 

Tadbirda tashkiliy masala ko‘rildi. Rustam Qobilov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashining raisi etib saylandi. 

Yoshlar ittifoqining viloyat kengash raisi viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

Top